Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining Facebook'dagi sahifasida xabar berildi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi qaroriga köra, Ğofurjon Muhamedov Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan.
Ğofurjon Muhamedov 2006 yildan 2015 yilning iyuligaça Özbekiston Milliy Universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2006 yillarda Toşkent davlat pedagogika universitetiga rahbarlik qilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qaroriga asosan Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti taşkil qilingan edi.












