Şohi zinda köçasidan boşlanib, M-37 magistral yölidagi köprikka tutaşuvçi mazkur yöl — Usta Umar Jöraqulov köçasining qurilişi 2019 yil oktabr oyda boşlangan edi. 2020 yil oxiriga qadar quriliş tugallanişi közda tutilgan.

Mazkur yölning örtadagi qismida 4 tasmali asosiy yöl joylaşgan bölib, undan taşqari har ikki çetdan mahalliy yönalişlar uçun ham alohida yöl qurilmoqda. Bu Samarqandda ilk bor qöllanilayotgan amaliyot.

Quriliş loyihasi boş muhandisi Farhod Boboyevning ma'lum qilişiça, bu yöl çetlaridagi quyma lotoklar ham viloyatda ilk marta örtanilmoqda. Mazkur lotoklarning usti ham yopiq böladi. Tungi yoritiş tizimi uçun Samarqandning tarixiyligiga monand ravişda, naqşsimon bezakli ustunlar örnatilgan.

Şuningdek har ikki tomondan piyodalar yölagi va yöllar oraliqlarida maxsuc gulzor va daraxtlar uçun oraliq joy tayyorlangan.

Qurilişni olib borayotgan taşkilot — «Oqdaryo tuman yöllardan foydalaniş» unitar korxonasi rahbari Ravşan Nurmamatov 4 km 356 metrlik uşbu yölning qanday tiklanişi haqda sözlab berdi. Unga köra, yöl quyidagiça tartibda qurib borilmoqda:

 1. Yölning asos qismi, 52 santimetr balandlikdagi qum-şağal aralaşmasi.

2. 3 santimetrdan iborat çaqiq toşdan iborat tekisloçi qatlam.

3. Asosning yuqori qatlami. Bunda 8 santimetrli katta zarrali asfalt beton qorişmasi quyiladi.

4. Qoplamaning ostki qatlami. Bu 7 santimetrli katta zarrali asfalt-beton qorişmasidan iborat.

5. Qoplamaning ustki qatlami. Mazkur qatlam 5 santimetrli mayda zarrali asfalt-betondan iborat.

Mazkur quriliş Vazirlar Mahkamasining «Samarqand şahrida 2019-2022 yillarda amalga oşiriladigan ulkan bunyodkorlik işlari töğrisida»gi 2019 yil 19 maydagi qarori hamda 2019 yil 20 sentyabrdagi yiğiliş bayoni asosida amalga oşirilmoqda.