Qayd etilişiça, sudlanuvçilar - Ş.Abdurahmonov (1993 yilda Qirğizistonda tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ ta'sisçisi va direktori), B.Oçilov (1994 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, “Brand community” MÇJ rahbari), G.Dumanova (1971 yilda Andijon viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Andijon viloyati filiali menejyeri), Ğ.Hasanov (1990 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Xorazm viloyati filiali rahbari), J.Pardayev (1991 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Tayloq tumani filiali rahbari), J.Tursunov (1992 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari), X.Urazoliyev (1995 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Jizzax şahar filiali rahbari), A.Şukurov (1985 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ mintaqa kuratori), D.Islomova (1977 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ Namangan şahar filiali rahbari), B.Pölatov (1995 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ mintaqa kuratori), A.Ahmadjonov (1995 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MÇJ öqituvçisi), Ş.Nosirov (1993 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, “Yarkoe Budushee” MÇJ rahbari), B.Jalolov (1993 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, “JB-WORLD COMPANY” MÇJ rahbari) va A.Solmonov (1981 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, işsiz)ga nisbatan jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi sudyasi A. Ergaşev tomonidan körib çiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga köra:

Ş.Abdurahmonov Jinoyat kodeksi 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan oqlanib, Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi va 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil ötaş uçun 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi;