Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Barselona" "Real" bilan durang o‘ynadi
Foto: AFP
Ispaniya chempionati 36-turi doirasida "Barselona" hamda "Real Madrid" o‘yini nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yinning 10-daqiqasida Suares mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, "Real" Ronalduning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Messi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 72-daqiqada Beyl jamoasiga durang keltirgan golga mualliflik qildi.
36-turdan so‘ng "Barselona" 87 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Real" esa 72 ochko bilan 3-o‘rinni band qilgan. Ikki jamoa hisobida ham qoldirilgan 1tadan o‘yin mavjud.
Barselona – Real Madrid 2:2
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).
Chetlatish: Serji Roberto (45).
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025