«Mançester Siti» yarimhimoyaçisi, Ispaniya milliy jamoasi a’zosi Rodri «Barselona»ga ötadi. Taniqli insayder Fabritsio Romano uşbu futbolçi transferi hal bölganini ma’lum qildi.
Qimmat kelişuv
Romanoning sözlariga köra, barçasi kelişib olingan – «şaharliklar» «Barselona»ning sönggi taklifini qabul qilgan. Bu transfer kataloniyaliklarga 70 million yevrodan köproqqa aylanişi mumkin. Avvalroq Ispaniyadagi Marca naşri «Oltin töp» sohibi bölgan 30 yoşli futbolçi uçun 60 million yevro taklif qilingani, yana 10 million yevro bonuslar sifatida tölanişi mumkinligini xabar qilgandi. «Siti» esa futbolçisi uçun 80 million yevrolik narx belgilagandi, muzokaralar davomida erişilgan kelişuvga köra, futbolçi uçun hozir 60 million yevro tölanadi, inglizlar yana 16,5 mln yevrogaça bonus olişi mumkin (şundan 11 mln yevro oson qölga kiritiladigan bonuslar).
Qayd etiş kerakki, 30 yoşli futbolçining şartnomasi muddati yakuniga bir yil qolgandi va agar şu yil sotilmasa, keyingi yozda tekinga ketişi mumkin edi.
Kataloniyaliklar klubi Rodrini safiga qöşib olmoqçi ekani haqidagi xabarlar ança oldin tarqalgandi. Şu bilan birga, bu yozda uşbu futbolçiga «Real» asosiy da’vogar bölib turgandi – ispaniyalik futbolçi ham Madridga köçib ötişga qarşi emasdi, ammo «Barsa»dan qiziqiş mavjudligidan xabar topgaç, fikrini özgartirdi.
Rodri – kök-anorranglilar tarkibi uçun jiddiy kuçayiş hisoblanadi. U ğoliblik bilan yakunlangan 2026-yilgi jahon çempionatida Ispaniya milliy jamoasiga sardorlik qildi. U turnirdagi barça öyinlarda, jumladan, Argentinaga qarşi final bahsida ham iştirok etdi va çempionlik uçun katta hissa qöşdi.
Uşbu havbek «Mançester Siti»ning asosiy futbolçilaridan biri va sardori edi – u Angliyada ötgan 7 yil mobaynida barça turnirlar doirasida qariyb 300 öyinda iştirok etib, barça sovrinlarni qölga kiritdi, jumladan, 4 karra Angliya çempioni, YeÇL ğolibi böldi, 2024-yilda esa «Oltin töp»ga ega çiqdi. Transfermarkt futbolçini 55 million yevroga baholagan.
Rodri «Barsa»ga qançalik kerak?

Hansi Flik «Bavariya»da ham, «Barselona»da ham sof tayanç yarimhimoyaçisiga kuçli zarurat sezmagan. «Bavariya»da u bu pozitsiyada Tiago Alkantara, Yozua Kimmih va Leon Goretska kabi futbolçilarni öynatib körgan. «Barselona»da esa asli oldinroqda öynaşga ixtisoslaşgan havbek Frenki de Yongni orqaroqqa tuşiriş orqali masalaga yeçim topgan, u va Pedri juda yaxşi tandemga aylangandi.










