«Barselona» 18-avgust kuni Rodri transferini rasman e’lon qildi. Klub ma’lumotiga köra, kataloniyaliklar «Mançester Siti» bilan 30 yoşli futbolçining transferi böyiça kelişuvga erişgan. Rodrining yangi şartnomasi 2030-yil 30-iyunga qadar amal qiladi.

Futbolçi taqdimot marosimida yangi jamoaga ötişidan mamnun ekanini ta’kidladi.

«Faoliyatimdagi yangi bosqiçdan juda xursandman. Bu men uçun yangi çaqiriq. Yangi narsalarni boşdan keçiriş va öşa hayajonni yana his qiliş imkoniyati», - dedi Rodri.

Ispaniyalik futbolçi «Barselona»ga yuqori maqsadlar bilan kelganini ham yaşirmadi.

«Men bu yerga barça sovrinlar uçun, jumladan, Çempionlar ligasi kabi katta maqsadlar uçun kuraşişga keldim», - dedi u.

Rodrining aytişiça, «Barselona»ning futbol falsafasi va ambitsiyalari uning öyin uslubiga mos keladi. Şuningdek, u jamoada Ispaniya terma jamoasida birga öynagan Pedri, Gavi, Dani Olmo, Pau Kubarsi, Erik Garsiya, Joan Garsiya va Lamin Yamal kabi futbolçilar borligi moslaşiş jarayonini yengillaştirişini qayd etdi.

Yangi boş murabbiy Xansi Flik bilan işlaş haqida gapirar ekan, Rodri nemis mutaxassisining futbol uslubi özi uçun yangi tajriba bölişini aytdi. Uning fikriça, Flik bilan işlaş futbolçi sifatida yanada ösişiga yordam beradi.

Rodri soğliği bilan boğliq savollarga ham javob berdi. U yaqinda belidan kiçik jarrohlik amaliyotini ötkazgan, ammo hozir maşğulotlarga qaytişga tayyorligini ma’lum qildi.

«Men tayyorman. Hamma gapirayotgan operatsiya jiddiy emasdi. Jamoa bilan maşğulot ötkazişga tayyorman. Murabbiy vaqti keldi deb hisoblasa va men kerakli ritmga kirib olsam, maydonga tuşişga ham tayyor bölaman. Umid qilamanki, bu imkon qadar tezroq böladi», - dedi futbolçi.

Reuters ma’lumotiga köra, Rodrining transfer qiymati 65,4 mln funt - qariyb 88,6 mln dollarga baholanmoqda. «Barselona» transfer poygasida prinsipial raqibi «Real»ni ortda qoldirgan. Futbolçining «Mançester Siti» bilan amaldagi şartnomasi 2027-yil yozigaça möljallangan edi.

Rodri 2019-yilda «Atletiko»dan «Mançester Siti»ga ötgan. U Angliya klubi safida 298 ta öyinda maydonga tuşib, 28 ta gol urdi va jamoa bilan 14 ta yirik sovrinni qölga kiritdi. Ular orasida törtta Angliya Premer-ligasi çempionligi va Çempionlar ligasi boş sovrini bor. 2023-yilgi Çempionlar ligasi finalida aynan Rodri «Inter» darvozasiga ğalaba golini kiritgan.