Joriy yil 29 fevral va 1 mart kunlari Qozoğiston Respublikasining Turkiston şahrida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi energetika tizimlari rahbarlarining navbatdan taşqari muhokamalar majlisi bölib ötdi. Muhokamalarning boş mavzusi — Markaziy Osiyo mintaqasi elektr tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari.

Yiğilişda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi D.A.Isaqulov boşçiligidagi delegatsiya a’zolari, şuningdek, Özbekiston Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetçerlik markazi” davlat unitar korxonasi vakillari hamda boş ofisi Toşkent şahrida joylaşgan “Energiya” muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi xalqaro taşkilotining mutaxassislari iştirok etişdi.

Xalqaro miqyosdagi tadbirda D.A.Isaqulovning “Özbekiston Respublikasi elektr energetika tizimini uzoq muddatli va barqaror rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan islohotlar” nomli ma’ruzasi hamda “Energiya” muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi rahbari H.A.Şamsiyevning “Markaziy Osiyo energiya tizimining barqarorligi haqida asosiy tuşunçalar” nomli ma’ruzalari tinglandi. Şuningdek, boşqa iştirokçi davlatlar ham öz elektr energetika tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida axborot berişdi.

Tadbir davomida mintaqa elektr energetika ta’minoti tizimida mavjud muammolar va ularning yeçimi, yakunlangan 2023/2024 yil kuz-qiş mavsumidagi işçi holatlar, 2024 yil vegetatsiya (melioratsiya) davrida gidroinşootlar orqali suv resurslarni oqilona boşqariş, 2024 yil yoz mavzumiga tayyorgarlik, bundan taşqari, 2024/2025 yil kuz-qiş mavsumigaça mintaqa elektr energetika tizimida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar yuzasidan istiqbolli rejalar hamda muhim kelişuvlarga erişildi.

Yiğilişda, şuningdek, xalqaro va milliy dispetçerlik markazlarining iş faoliyatini rivojlantiriş, kaskadli öçişlarning oldini oliş, magistral elektr tarmoqlarini rivojlantiriş hamda özaro hamkorlik masalalari xususida söz yuritildi. Iştirokçilar energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar va sohani raqamlaştiriş masalalariga e’tibor qaratdilar.

Tadbir doirasida “KEGOC” kompaniyasi boşqaruvi raisi Nabi Erkinoviç Aytjanov “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Dadajon Aynaquloviç Isaqulovni Qozoğiston elektr energetika assotsiatsiyasining “Xizmat körsatgan energetik” kökrak nişoni bilan taqdirladi.