Hatto infeksiya mustahkamlanadi va odatiy gripp kabi mavsumiy holga keladi, degan taxmin ham mavjud.
Uning yuqişi faqat vaqt masalasi bölsa, qanday qilib kasallikning oldini oliş haqida emas, balki unga qanday tayyorgarlik köriş haqida öylaş kerak: duşmanni yuzidan tanigan ma'qul.
BBC’ning rus xizmati SARS-CoV-2 koronavirusi haqida eng oçiq savollarga javob beradi.
Virusning özi nima?
Virus — bu himoyaviy oqsil qatlamga öralgan mayda genetik kod parçasi. Uning zarralari şunçalik kiçikki, virusni odatiy mikroskopda ham aniqlab bölmaydi: 100 million nusxadagi yangi koronavirus igna uçiga osongina joylaşadi.
Mitti hajm — bu viruslardan himoyalaniş juda muşkulligining sabablaridan biridir. Infeksiya yuqtirgan bemorning har yötalişida har birida milliardlab virus zarralari bölişi mumkin bölgan mayda tupuk tomçilari uçib ketadi.
Virus hujayraga kirib, uni oddiy oqsillar örniga virus nusxalarini yaratişga majbur qiladi — infeksiya şunday rivojlanadi.
Yangi koronavirus qayerdan paydo bölgan?
Fanga önlab million viruslar ma'lum va yangi, ilgari noma'lum turlar doimiy ravişda kaşf qilinmoqda.
Şu bilan birga, ularning aksariyati odamlar uçun mutlaqo bezarardir — atigi bir neça yuz virus turlari xavf tuğdiradi va hatto immunitetimiz evolyutsiya bosqiçlarida ularning aksariyatiga qarşi muvaffaqiyatli kuraşişni örgangan.

Biroq viruslar ham rivojlanib boradi va ba'zan mutatsiya natijasida ilgari faqat hayvonlarda uçragan infeksiya inson tanasiga kirib borişi mumkin.
Bunday «yangi» viruslar ayniqsa xavflidir, çunki odam immuniteti ular bilan heç qaçon uçraşmagan va himoya mexanizmini yaratmagan.
Natijada, virus epidemiyaga aylanib, odamlar orasida faol tarqala boşlaydi. Aynan şu holat OIV, SARS, MERS va bugungi yangi koronavirus bilan sodir böldi.
Virus özidan avvalgi SARS va MERS’dan qanday farq qiladi?
London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi direktori Piter Piotning sözlariga köra, SARS-CoV-2 törtta muhim farqli xususiyatga ega.
Birinçidan, infeksiyalanişdan keyingi bir neça kun mobaynida odam heç qanday alomatlarga duç kelmaydi, ammo allaqaçon boşqalarga yuqtirişi mumkin. Bu juda yoqimsiz xususiyat bölib, virusni izolyatsiyalaşni sezilarli darajada murakkablaştiradi.
Masalan, SARS holatida hamma narsa mutlaqo aksi bölgan: alomatlar darhol paydo bölgan, ammo bemorning atrofdagilarga xavf solişi bir neça kundan keyin boşlangan.

Ikkinçidan, bemorlarning 80 foizigaça bölgan qismi oddiy şamollaş yoki gripp kabi yengil holsizlikni sezadi, deyarli har beşinçi (18 foiz) inson esa özida heç qanday alomatlarni sezmaydi, ammo özi bilmagan holda ham u infeksiya manbayi bölib qolmoqda.
Uçinçidan, COVID-19 alomatlari odatiy grippga juda öxşaş bölgani sababli köplab bemorlar özlarining yangi virus taşuvçisi ekanliklaridan şubhalanişmaydi, lekin atrofdagilarga yuqtirişda davom etişadi.
Törtinçidan, kasallikning dastlabki bosqiçlarida virus aynan tomoqda köpayadi, şuning uçun virus yuqtirib olgan odam har qanday aksiriş va yötal bilan atrofga milliardlab virus zarralarini soçadi. Bemor birinçi navbatda yötalişni boşlaydi — boşqa barça alomatlar keyinroq paydo böladi (yoki paydo bölmaydi).
Vaksina tayyor bölişini qaçonga kutiş kerak?
Qisqa javob berganda — kutmang. Imkon qadar tezroq işlab çiqilgan taqdirda ham, siz uçun asqotişi dargumon.
Vaholanki vaksinaning birinçi klinik sinovlari allaqaçon boşlangan bölsa-da (bir vaqtning özida turli mamlakatlarda bir neça talqinlar sinovdan ötkazilmoqda), hatto eng yaxşi natijada ham, işçi vaksinani ommaviy işlab çiqariş boşlanişi 2021 yil oxiriga qadar çöziladi, bu vaqt içida insonlarning virus xavf solayotgan guruhlarining aksariyati allaqaçon kasallanişga ulguradi.

Bundan taşqari, aksariyat mutaxassislar optimistik nuqtayi nazarga ega bölişiga qaramay, vaksina prinsipial jihatdan yaratilişi mumkinligiga kafolat ham yöq.
Piter Piotning eslatişiça, OIVga qarşi vaksina yaratişga uriniş, masalan, 35 yildan beri davom etmoqda va hali ham foyda yöq. Garçi bu vaqt içida kasallikning oldini oliş uçun bir neçta dorilar paydo bölgan.
Virus aslida qançalik xavfli?
Bunday xavfni baholaş uçun universal miqyos mavjud emas. Ammo har qanday kasallik xavfini aniqlaydigan asosiy omillar uning yuqumliligi, ya'ni tarqaliş tezligi va yengilligi hamda ölim körsatkiçidir.
Yuqumliligi
Xitoylik şifokorlarning dastlabki hisob-kitoblariga köra, Uhan şahrida (Xitoydagi yangi koronavirus epidemiyasi markazi hisoblanadigan şahar) har bir bemor örtaça 2,2 soğlom odamga virusni yuqtirgan. Epidemiya pasayişi uçun bu körsatkiç 1dan past bölişi kerak.
Biroq, Uhan zudlik bilan karantinga olinganini esga olsak, uning yuqumliligi yuqori bölişi kerak. Italiyada virus tarqalişi boşlanişi bilan, u yerdagi har bir bemor örtaça 3-4 soğlom odamni zararladi.

Yangi virus oddiy mavsumiy gripp kabi oson tarqalişiga qaramay, uning yuqumliligi yuqoriroq. U havoda uç soat, plastik va pölat yuzalarda uç kungaça hayotiyligini saqlab qoladi.
Ölim darajasi
Olimlar yangi koronavirusdan ölimni barça bemorlarning 1-2 foizi darajasida hisoblaşmoqda. Bu odatdagi mavsumiy grippdan taxminan 20 baravar yuqori, ammo SARS (10 foiz) va MERS (35 foiz) epidemiyasining yaqiniga ham bormaydi.
Virus immuniteti zaif va surunkali kasalliklarga çalingan keksa odamlar uçun eng xavflidir. 70 yoşdan keyingi yoş guruhida ölim darajasi 5 foizdan oşadi, 80 yoşdan oşganlarning har öndan biri virusdan nobud bölmoqda.
Virusga qarşi maxsus davolaş kursi mavjudmi?
Qisqa javob — hozirça yöq. Yuqtirib olganlar faqat simptomatik davolanmoqda, ya'ni kasallikning özi bilan emas, balki uning alomatlari bilan kuraşilmoqda.
Biroq, şifokorlar ta'kidlaşlariça, bu vahima qözğaş uçun mutlaqo sabab böla olmaydi. Bemorlarning aksariyati (80 foizdan ortiği) tibbiy yordamga umuman muhtoj emas. Ular uyda, oddiy grippga qarşi vositalar yordamida davolanadi va odatdagidek, taxminan bir hafta yoki biroz köp vaqt mobaynida tiklanadi.

Kasallanganlarning faqatgina har beşdan yoki oltidan biri uçun şifoxonaga yotqiziş talab qilinadi — asosan keksa va/yoki surunkali kasalliklarga çalingan odamlar.
Agar infeksiya virusli pnevmoniyaga aylanib, bemor nafas olişda qiynala boşlasa, u intensiv terapiyaga (reanimatsiya) ötkaziladi. Bunday bemorlarning uluşi barça tasdiqlangan holatlarning taxminan 4 foizini taşkil qilmoqda.
Yuqtirib olgan holatda nima qiliş kerak?
Köplab tadqiqotlar va modellardan körinib turibdiki, virusga qarşi kuraşning eng samarali vositasi — karantin, u atrofdagilarni zararlamaslik uçun muhim.
Grippga birinçi şubha paydo bölişi bilan (ilk alomat yötal, keyin yengil harorat kötarilişi mumkin) özingizni oila a'zolaringizdan ajratib ihotalaning va iloji bölsa, töliq tiklanmagunça uydan çiqmang.
Antibiotiklarni qabul qilmang — ular viruslarga qarşi heç qanday yordam bermaydi.
Har qanday şaxsiy aloqa uçun himoyaviy jarrohlik niqobini kiying. Profilaktika nuqtayi nazaridan foydasiz bölgan niqob bemor tomonidan kiyilganda uning tupuk tomçilarini tösib, atrofdagilarni himoya qiladi.

Yangi koronavirusning odamdan odamga ötiş tezligi va osonligini hisobga oladigan bölsak, ertami-keçmi dunyo aholisining aksariyat bölmasa ham, katta qismi u bilan kasallanadi.
U bilan taqqoslanadigan «ispanka» yuqumli epidemiyasi davrida (1918-1919 yillar) virus sayyoraning har uçinçi kişisiga yuqqan, yangi infeksiya esa yanada jadalroq harakatda.
Şuning uçun Piter Piot ogohlantirmoqda: kasallikka tayyor turiş kerak, şu jumladan psixologik jihatdan ham. Kelgusi haftalarda va ehtimol bir neça oy içida kasallanganlar va ölimlar soni köpayadi — ayniqsa aholini ommaviy tekşiriş boşlanganida.
Asosiysi, vahimaga tuşmang. Siz allaqaçon uni yuqtirib, istimasiz yengil yötal yoki heç qanday alomatlarsiz «dahşatli virusdan» qutulib bölgandirsiz. Bölişi mumkin.
Qarşiyeva Nazokat tayyorladi













