Özbekistonda eskirgan köp kvartirali uylarni buzib, örniga yangilarini qurişga oid qonun imzolaniş arafasida turibdi. 80 foiz mulkdorning roziligi haqidagi modda – bu qonunning eng muhokamali jihatlaridan biri. Kun.uz taşkil etgan suhbatda Adliya vazirligining aniqlik kiritişiça, 80 foizlik norma boşqa masalaga oid; buziş boşlanişidan oldin 100 foiz mulkdor bilan kelişilişi şart.
Kuni keça Urbanizatsiya qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev renovatsiya jarayonlari haqida gapirarkan, buning uçun 80 foiz mulkdorlarning roziligi yetarli bölişini aytib ötdi. Bu raqam Senat ma’qullovidan ötgan “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonunda ham körsatilgan.
Ayni mavzu yuzasidan Kun.uz taşkil qilingan suhbatda Adliya vazirligi vakili bu masalaga qöşimça aniqlik kiritdi. Vazirlikning Iqtisodiy qonunçilik boşqarmasi boşliği Xidirali Sodiqovning aytişiça, 80 foiz rozilik – bu faqat renovatsiya taklifi keyingi bosqiçga ötişi uçun kerak. Renovatsiyani amalga oşirişda esa 100 foiz mulk egalarining roziligi olinişi belgilangan.
“Bu yerda tuşunmovçilik böldi, ya’ni 80% bu faqatgina taklif ötişi uçun kerak, rozilik esa 100% olinadi. Biror odam uyi buzilayotganidan norozi bölsa, buzib yuborilmaydi-ku. Hujjat Senatda özgarib qoldimi, degan fikrlar ham bölyapti, axir bu imkonsiz. Senat qonun loyihasini özgartirolmaydi, yo qabul qiladi yoki qaytaradi”, deydi u.
Hidirali Sodiqov renovatsiya qonunida belgilangan 80 foizlik çegara – qolgan 20 foiz mulkdorlarning mulk huquqiga zidligi haqida gapirarkan, uşbu normani Konstitutsiyaning 21-moddasi bilan asosladi. Bu moddaga köra, inson öz huquqlarini (bu örinda, mulk huquqini) amalga oşirişda boşqa şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi şart.
“Aytalik, siz avariya holatida deb topilgan köp qavatli uyda turasiz. Siz “yöq, men şu uyda yaşayman, bu mening mulkim” deganingiz bilan, bölmaydi. Ertaga biror narsa bölsa, qöşni xonadondagi uylarga ham zarar yetadi. Ya’ni siz öz mulk huquqingizdan foydalanişingiz – boşqalarning huquqlariga putur yetkazmasligi kerak”, – deya tuşuntirdi adliya rasmiysi.
Suhbatda qatnaşgan Urbanizatsiya qömitasi vakillariga köra, renovatsiyaga tuşgan xonadonlar mulkdorlariga kompensatsiya bozor bahosi asosida tölanadi.












