O‘zbekiston | 18:02 / 30.06.2020
14740
1 daqiqa o‘qiladi

«Yergeodezkadastr»ning sobiq raisi yangi lavozimga tayinlandi

«Yergeodezkadastr»ning sobiq raisi Abdushukur Abdullayev qo‘mita rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

«Abdushukur Hamidovich Abdullayev faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari - «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi direktori lavozimida davom ettiradi», deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Abdushukur Abdullayev 2017 yil martidan buyon qo‘mitaga rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi bosh direktori lavozimida ishlagan.

Bundan avvalroq, Davlat xizmatlari agentligining sobiq direktori Halilillo To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid