Prezident qarori bilan Halilillo Sobirjonoviç Töraxujayev Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari – Qömita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Kadastr agentligi prezidentning tegişli qarori bilan taşkil etilgan.
Uşbu qarorga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari, tumanlar (şaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bölimlari negizida Kadastr agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar boşqarmalari, tumanlar (şaharlar) bölimlari taşkil etildi. Ularning boşliqlari Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hududiy kadastr organlari endi hokimlar nazoratidan çiqarilib, vertikal tizim asosida yuqori turuvçi organga — Kadastr agentligiga töliq böysunadi.
Hozirga qadar «Davergeodezkadastr» qömitasining hududiy boşqarmalari uşbu Qömitaga, şuningdek tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga hisobot berar, ularning boşliqlari esa «Davergeodezkadastr» qömitasi raisi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanar edi.








