Örtoqlik uçraşuvi 6-oktabr kuni keçqurun Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida bölib ötdi.

Bahsning 10-daqiqasida öyin bir daqiqaga töxtatildi. Messi terma jamoada 10-raqam ostida öynagani uçun aynan şu vaqt tanlangan. Stadiondagi muxlislar öz sardorini olqişladi, Benin futbolçilari esa uning yoniga kelib, qöl berib körişdi.

Messi xayrlaşuv uçraşuvida Argentinaning uçala golida ham bevosita iştirok etdi: bittasini özi urdi, qolgan ikkitasiga golli uzatma berdi.

Şu tariqa, uning Argentina terma jamoasidagi hisobida 208 ta öyin va 126 ta gol qayd etildi.

Foto: REUTERS/Rodrigo Valle

Messi milliy jamoada 2005-yilda, 18 yoşida debyut qilgan edi. Yigirma yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida u Argentina bilan jahon çempioni, ikki karra Amerika kubogi ğolibi va Olimpiada çempioni böldi.

Uning terma jamoadagi eng katta yutuği 2022-yil Qatarda ötkazilgan jahon çempionatidagi ğalaba hisoblanadi.

2026-yilgi mundialda ham Argentina finalgaça yetib bordi. Biroq hal qiluvçi uçraşuvda Ispaniyaga qöşimça vaqtda 0:1 hisobida yutqazdi. Messi avgust oyi oxirida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaşini eʼlon qilgandi.

Foto: REUTERS/Matias Baglietto

Futbolçining klublardagi faoliyati ham köplab sovrinlarga boy. U «Barselona» bilan ön marta Ispaniya çempioni, tört marta Yevropa Çempionlar ligasi ğolibi bölgan. Şuningdek, yetti marta Ispaniya kubogi va sakkiz marta mamlakat Superkubogini qölga kiritgan.

Messi 2021-yilda «Barselona»dan «Pari Sen-Jermen»ga ötdi va Fransiya klubi bilan ikki marta çempion böldi. 2023-yildan buyon esa AQŞning «Inter Mayami» jamoasida töp surmoqda.

Sakkiz karra «Oltin töp» sohibi terma jamoa bilan xayrlaşgan bölsa-da, klubdagi faoliyatini davom ettirmoqda.