AQŞda Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga yangi ayblovlar eʼlon qilindi. Ular hokimiyatni saqlab qoliş maqsadida siyosiy muxoliflari hamda AQŞ fuqarolarini qiynoqqa solişda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ayblov xulosasiga tayanib xabar berdi. Yanvar oyidan buyon Nikolas Maduro va Siliya Flores AQŞda hibsda saqlanmoqda.

Hujjatda qayd etilişiça, Venesuelaning sobiq prezidenti va uning rafiqasiga noqonuniy giyohvand moddalar savdosidan taşqari, qiynoqlar qöllaş maqsadida til biriktiriş ayblovi ham qöyilgan. AQŞ prokuraturasi maʼlumotlariga köra, Nikolas Maduro 2013-yilda davlat töntarişiga tayyorgarlik körişda gumon qilingan venesuelalik zobitni hibsga oliş töğrisida buyruq bergan. Söroq çoğida harbiy kontrrazvedka boşqarmasi xodimlari harbiyni qiynoqqa solgan.

Prokuraturaning taʼkidlaşiça, yana bir holat 2022-yilda yuz bergan: AQŞ fuqarosi Venesuela çegarasida qölga olinib, Nikolas Maduroni öldiriş maqsadida til biriktirişda ayblangan. Uni ham harbiy kontrrazvedka xodimlari qiynoqqa solgan.

Eslatib ötamiz, şu yil yanvar oyida AQŞ maxsus bölinmalari Nikolas Maduro va Siliya Floresni Venesuela poytaxtida qölga olib, Nyu-Yorkka yetkazgan edi. Dastlab ularga narkoterrorizm böyiça ayblov qöyilgan. Işni mazmunan körib çiqiş 2027-yil yozida boşlanadi. Maduro öziga qöyilgan ayblovlarni rad etmoqda va suddan ularni bekor qilişni talab qilmoqda. Agar uning aybi isbotlansa, umrbod qamoq jazosini olişi mumkin.