Xitoylik va britaniyalik olimlar guruhi “terrakota armiyasi”– Xitoy imperatori Tsin Şixuandi maqbarasida kömilgan minglab askarlar va otlar haykallari qanday yaratilganini aniqlaşga muvaffaq böldilar. Bu tadqiqot haqidagi ma'lumotlar Antiquity jurnalida çop etildi.
Olimlar “armiya” yaratilgan loy tarkibini tahlil qilib, haykallar uçun xom aşyo maqbara yaqinidagi joydan olingani haqidagi xulosaga kelişgan. Öşa zamonlarda olingan loy turli ustaxonalar orasida taqsimlab çiqilgan. Bundan haykallarni yaratişda qöllangan qorişmalar tarkibining turfaligi darak bermoqda.
Haykallar tana qismlari alohida yasalgan, ba'zi qismlar esa hattoki qoliplarda quyilgan. Olimlarning aytişiça, askarlarning 10 taga yaqin asosiy yuz şakllari bölgan. Söngra ularga individual qiyofalar berilgan.
Haykallar peçlarda pişitilgandan keyin böyalib, lak bilan qoplangan.
Şu bilan birga olimlar haykallar yaratilgan ustaxonalar qayerda joylaşgan bölganini hali aniqlaşga muvaffaq bölmaganlar.









