Ostonadagi Qozoğiston Milliy muzeyida "EKSPO-2017" xalqaro körgazmasi doirasida "Imperator Tsin Şixuandining terrakota armiyasi" körgazmasi oçildi. Bu haqda Ostona ma'muriyati rasmiy saytida ma'lum qilindi.
"Uşbu körgazma Markaziy Osiyoga birinçi marta keltirildi. Ostonada EKSPO ötmoqda va biz aynan uning doirasida öz madaniyatimizni taqdim qilişni istadik. Umid qilamanki, uşbu qadam Qozoğiston va Xitoy örtasidagi madaniy munosabatlarni mustahkamlaşda öziga xos köprik böladi", deb aytdi Şensi viloyatining madaniy yodgorliklari boşqarmasi direktori Çjao Rung.
Xitoy jangçilari va ular otlarining töliq ölçamdagi 8099 ta terrakota haykali 1974 yilda Sian şahrida imperator Tsin Şixuandi maqbarasida topilgan. Haykallar har biri individual tarzda yasalgan bölib, birining yuzi boşqasinikiga öxşamaydi. Olimlar bu haykallar miloddan avvalgi 210-209 yillarda hukmronlik qilgan imperator buyruği bilan yasalganini aniqlaşgan. Bugungi kunda "Terrakota armiyasi" YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.
"Tsin sulolasi hukmronlik qilgan davr Xitoy imperiyasining eng yorqin davrlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda iqtisodiyot, madaniyat, boşqa davlatlar bilan munosabatlar rivojlangan. Şuning uçun biz qozoğistonliklar Xitoy merosi va madaniyati haqida bilişlari uçun terrakota jangçilari orqali öz tariximizni sözlamoqçimiz", deb qöşimça qildi Çjao Rung.
Bugungi kunda "Terrakota armiyasi" 40 ga yaqin davlatda namoyiş qilingan. Qozoğistondagi körgazma bilan bir vaqtda uşbu "armiya" Germaniya va AQŞda ham namoyiş qilinmoqda. Ostonaliklar va mehmonlar uşbu antiqa haykallarni Qozoğiston Milliy muzeyida 10 sentabrgaça tomoşa qilişlari mumkin böladi.









