Bo Grivz laqabli avstraliyalik loyda şox yordamida gigant krab tutiş yölini namoyiş qildi. Uning Facebook'dagi sahifasida taqdim etilgan video Pickle naşri e'tiborini tortdi. 

Dastlab Grivz loyda çuqur tuynuk hosil qildi. U yerga boşi bilan kirgaç, şox yordamida krabning e'tiborini jalb qildi. Şundan söng u qöllari bilan qisqiçbaqasimonni tutib, uni taşqariga olib çiqdi. 

"Krab ikki marta menga hujum qildi, barmoğimni yöqotişimga bir bahya qoldi, sal bölmasa bilagim ham tilkalanib ketardi", - deb yozdi Griz.

Şunday yoqimsiz asoratlar ehtimoliga qaramay, qahramon buni "vaqt ötkazişning yaxşi usuli" deb topdi va avstraliyaliklarning barçasiga tavsiya qildi.