Xitoyning Sian şahrida joylaşgan maşhur terrakota armiyasi ekspozitsiyasi hududiga ruxsatsiz kirgan mahalliy turist ikkita haykalga şikast yetkazdi, deb yozmoqda The Guardian.

Qayd etilişiça, 30 yoşli Xitoy fuqarosi tösiqdan va himoya töridan oşib ötib, sopol haykallar oldiga kirgan. Qöriqçilar yetib kelguniga qadar, u haykallarni itarib, ularning ikkitasiga şikast yetkazişga ulgurgan.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga köra, erkak ruhiy kasallikdan aziyat çekadi.

The Guardian’ning ta’kidlaşiça, erkak haykallar oldiga boriş uçun 5,4 metr pastlikka tuşişi kerak bölgan.

«Terrakota armiyasi» — Sianda turistlar taşrif buyuradigan asosiy diqqatga sazovor maskan va u YuNESKO jahon merosi röyxatiga kiritilgan. Qariyb sakkiz ming terrakota şakllari miloddan oldingi 209 yilda, imperator Tsin Şixuandining qabrini himoya qiliş maqsadida yaratilgan. Haykallar 1974 yilda aniqlangan.

Haykallar tana qismlari alohida yasalgan, ba’zi qismlar esa hattoki qoliplarda quyilgan. Olimlarning aytişiça, askarlarning 10 taga yaqin asosiy yuz şakllari bölgan. Söngra ularga individual qiyofalar berilgan. Haykallar peçlarda pişitilgandan keyin böyalib, lak bilan qoplangan.