Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat idoralari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bu loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland bo‘lib, shaharga yaqinligi, o‘z iqlimi, bahavoligi va ikki daryo o‘rtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi.
Hozirgi Toshkent 43 ming gektar hududni egallaydi. Yangi Toshkent loyihasi doirasida qo‘shimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi.
Birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
Ma’lum qilinishicha, bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi. Ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo obektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.
Mavzuga oid
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
19:13 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
09:24 / 13.02.2026