Transfer şartlari

29 yoşli hujumçi kataloniyaliklar bilan 2029-yilning 30-iyunigaça möljallangan şartnoma imzoladi. Transfer summasi rasman oşkor etilmayapti, biroq OAV maʼlumotlariga köra, «Barselona» «Arsenal»ga taxminan 10 mln yevro tölaydi. Bundan taşqari, 4 mln yevrogaça bonuslar közda tutilgan, şuningdek, London klubiga futbolçining kelajakdagi sotuvidan tuşgan mablağning 20 foizini oliş huquqi taqdim etilgan.

«Barsa» nega aynan Jezusni tanladi?

Kataloniyaliklar Robert Levandovski ketganidan buyon klassik markaziy hujumçi izlayotgan edi. Dastlab «Atletiko Madrid» aʼzosi Xulian Alvares asosiy nişon sifatida körilayotgandi, biroq Madrid klubi argentinalik futbolçining sotuvi böyiça muzokara olib borişdan boş tortdi. Natijada «Barselona» eʼtiborini Jezusga qaratdi, u «Arsenal»da Kay Havers va Viktor Dyokereşga raqobatni boy berib, asosiy tarkibdagi örnini yöqotgandi.

Murabbiyning munosabati

«Barselona» boş murabbiyi Hansi Flik «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan ğalabadan söng uşbu kelişuvga izoh berdi:

«Töğrisi, uni qölga kiritiş imkoniyati paydo bölganidan biroz hayron böldim. Uning öyin uslubi menga juda yoqadi - bu bizning uslubimizga mos tuşadi. Öylaymanki, u öyinlarda bizga katta yordam bera oladi. U biz uçun muhim öyinçiga aylanişi mumkin, şuning uçun [sport direktori] Dekoga rahmat - u yana bir bor ajoyib işga qöl urdi».

Futbolçining faoliyati

Gabriel Jezus 1997-yil 3-aprelda Braziliyaning San-Paulu şahrida tuğilgan. Faoliyatini «Palmeyras» klubida boşlab, mamlakat kubogi va çempionatini yutgan, şundan söng 2016-yili Xosep Gvardiola boşçiligidagi «Mançester Siti»ga ötgan. U «Siti» safida 236 ta öyin ötkazib, 95 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Şuningdek, tört marta Angliya çempionligi, Angliya Kubogi va boşqa sovrinlarni qölga kiritgan.

2022-yil iyul oyida hujumçi «Arsenal»ga ötdi va bu jamoada 123 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 32 ta gol urdi. 2025-yil yanvar oyida u tizzasining xoçsimon boğlamidan oğir jarohat oldi va faqat dekabrga kelib maydonga qaytdi hamda «töpçilar»ga 2025/26-yilgi mavsum çempionligini qölga kiritişda yordam berişga ulgurdi.

Jezus «Barselona» hujum çiziğini yozning boşqa yangi futbolçilari - Entoni Gordon va Karim Adeyemi bilan birgalikda töldiradi.