Qirğiziston poytaxti Bişkekda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) yubiley sammiti yakunlariga köra, 28 ta hujjat imzolandi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit 1-sentabr kuni Bişkek şahrida Qirğiziston Respublikasi rahbari Sadir Japarov raisligida bölib ötdi. U bugungi kunda ŞHT aʼzo davlatlari sayyora aholisining 40 foizdan ortiğini birlaştirişi va jahon yalpi içki mahsulotining qariyb törtdan birini taʼminlaşini taʼkidladi.
Hozir ŞHT tarkibiga önta davlat kiradi: Belarus, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston. Sammitda taşkilotga aʼzo barça davlatlar yetakçilari iştirok etdi. Ular yangi xavfsizlik markazlarini yaratiş, giyohvand moddalarga qarşi kuraşda hamkorlikni kengaytiriş, raqamlaştiriş, ekologiya va logistika masalalarini muhokama qildilar.
ŞHT 25 yilligiga bağişlangan Bişkek deklaratsiyasi sammitning asosiy siyosiy hujjati böldi. Bundan taşqari, davlat rahbarlari 2002-yil 7-iyundagi ŞHT Xartiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi bayonnomani tasdiqladilar.
Imzolangan hujjatlar töplamidan quyidagilar ham örin olgan:
ŞHT davlatlari xavfsizligiga doir tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markaz töğrisidagi nizom;
taşkilotning Narkotiklarga qarşi kuraş markazi Ijroiya qömitasi töğrisidagi nizom. Uning tarkibiga Bişkekda oçiladigan Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş markazi kiritiladi;
narkotiklarga qarşi kuraşga oid ikkita dastur. Ulardan biri 2030-yilgaça möljallangan bölib, narkotikka qaramlikka qarşi kuraşga bağişlangan, ikkinçisi esa 2030-yilgaça sintetik giyohvand moddalar va ularning prekursorlari tarqalişiga qarşi çora-tadbirlarni muvofiqlaştirişni nazarda tutadi;
2026–2028-yillarda xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlaş böyiça ŞHT davlatlarining hamkorlik rejasi;
2026–2030-yillarda ŞHT mamlakatlarining portlari va logistika markazlarini rivojlantiriş böyiça harakatlar rejasi hamda boşqa hujjatlar.
Sammit davomida Qirğiziston taşkilotga raislikni Pokistonga topşirdi.
Şanxay hamkorlik taşkiloti 2001-yil iyun oyida Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston rahbarlari tegişli deklaratsiyani imzolaşi bilan taşkil etilgan. 2026-yilga kelib ŞHT aʼzo davlatlari soni öntaga yetdi. Afğoniston va Möğuliston taşkilotda kuzatuvçi davlatlar hisoblanadi. 15 ta davlat ŞHT muloqot böyiça hamkori maqomiga ega: Ozarboyjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kamboja, Qatar, Quvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Şri-Lanka.












