Toşkent şahar FVB qutqaruvçilari Yangihayot tumani hududidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda huşsiz holda oqib kelayotganligini körib qolgan. 

FVV xabariga köra, qutqaruvçilar zudlik bilan qutqariş işlarini olib borib, uşbu fuqaroni suvdan olib çiqqan va birinçi tibbiy yordam körsatgan. 

Şundan söng malakali tibbiy yordam körsatiş maqsadida tibbiyot xodimlariga topşirgan. Hozirda uning ahvoli yaxşi.

Ma’lum bölişiça, uşbu fuqaro baliq tutiş maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tuşib ketgan va uni olaman deb tuşgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yöqotib özi ham oqib ketgan.