Özbekiston prezidentining tegişli qarori bilan Öktam Hamdamov Rustamoviç favqulodda vaziyatlar vazirining Raqamlaştiriş va kiberxavfsizlikni taʼminlaş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.

Tayinlovga qadar Öktam Hamdamov «Kiberxavfsizlik markazi» davlat muassasasida bölim boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Toşkent şahri Yaşnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kiçik hajmli kemalar inspeksiyasi boşliği etib tayinlangani xabar qilingandi.