2021 yilning 30 iyun kuni “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimi” böyiça ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qölga kiritgani munosabati bilan sertifikatni topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirda “SeRT International” s.r.o. Özbekistondagi vakili Marat Xabibulin “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi barça xodimlarni ulkan yutuq — ISO sertifikatini olgani bilan muborakbod etdi.
Mazkur sertifikat Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining korrupsiyaga qarşi standartlarga mos ekanligi hamda taşkilotda poraxörlik va korrupsiyaga qarşi kuraş tizimi mavjudligi uçun berilgani, şuningdek, taşkilot mamlakat taşkilotlari içida birinçi öntalik reyting içida uşbu sertifikatga ega bölgani alohida e'tirof etildi. Şu bilan birga, “Özbekiston MET” AJ korrupsiyaga qarşi kuraş va davlat xizmatlari körsatiş kabi sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirişga tayyor ekani xalqaro taşkilot vakillari tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sertifikatni topşiriş marosimida iştirok etgan “SeRT International” s.r.o.ning Özbekistondagi vakili Marat Ramileviç mazkur sertifikat berilişida taşkilot faoliyatidagi korrupsiyaga qarşi kuraş tizimi qay darajada ekanligi atrofliça örganilib, xalqaro standart talablariga muvofiq tahlil qilingani, şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi energetika tizimida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ birinçi bölib mazkur xalqaro sertifikatni qölga kiritganini alohida e'tirof edi. Uning fikriça, uşbu sertifikat taşkilotning korrupsiyaga qarşi kuraşda davlat organlari va taşkilotlari içida yetakçi ekanligini anglatadi. Qolaversa, boşqa taşkilotlar ham, xoh u davlat taşkiloti bölsin, xoh xususiy, bunday sertifikatsiyalaş jarayonidan ötişi xalqaro taşkilot vakili tomonidan bildirildi.

Qisqa qilib aytganda, uşbu sertifikat Jamiyat faoliyatining barça yönalişlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini oliş, aniqlaş, zarur çoralarni köriş hamda korrupsiya xavfini kamaytirişga yönaltirilgan maqbul va aniq mezonli çora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Xöş, sertifikatga loyiq deb topiliş jarayoni qanday keçgan edi?
“Özbekiston MET” AJ tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş strategiyasining birinçi bosqiçi 2020 yilning birinçi yarmida amalga oşirildi. Bu paytda yuqori turuvçi taşkilotlar, Adliya vazirligi, keyinroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning öz vakolatini suiiste'mol qilişi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlaş maqsadida keng jamoatçilikni yordamga çaqirdi. Jamoatçilik nazorati — mamlakatda rahbar xodimlarning javobgarligini oşirişga imkon yaratib bergani rost.










