Yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangi 50 ming so‘mlik banknota tasviri:

Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Banknot old tomoni chap qismida Surxondaryo viloyatida joylashgan XI-XII asrlarga tegishli ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III-I asrlarga tegishli bo‘lgan Surxondaryo viloyati hududidagi qadimiy yodgorlik – FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI tasvirlangan.

Yangi 100 ming so‘mlik banknota tasviri:

Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan ICHAN QAL'A tarixiy muzeyi tasvirlangan.

Banknot orqa tomonida III-IV asrlarga tegishli bo‘lgan qadimiy Xorazm davlatining poytaxti vazifasini bajargan qal’a - ANGKAQAL'A  ARXEOLOGIYA YODGORLIGI tasvirlangan.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar 2021 yilning 22 dekabridan boshlab muomalaga chiqariladi. Hozir amalda bo‘lib turgan 2017 yilda chiqqan 50 ming so‘mlik va 2019 yilda chiqqan 100 ming so‘mlik banknotlar ham muomaladan chiqarilmaydi va ular o‘z to‘lov qobiliyatini saqlab qoladi.

«Muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2017 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 2019 yil namunasidagi 100 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi.

Ya’ni 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.