Kambağallikni qisqartiriş va aholini iş bilan ta'minlaşga oid yangi prezident qarori qabul qilindi.

Unga asosan, 2020 yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, ayniqsa, nogironligi bölgan şaxslarning iş bilan bandligini ta'minlaş maqsadida tajriba tariqasida:

  • işga layoqatli nogironligi bölgan şaxslarning elektron reyestri şakllantiriladi va reyestrga kiritilgan şaxslarga böş iş örinlariga joylaşişga kömaklaşiladi;
  • tadbirkorlik sub'yektlariga iş örinlari va şaroitlarini nogironligi bölgan şaxslarga moslaştiriş uçun Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan har bir moslaştirilayotgan iş joyi uçun BHMning 40 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratiladi;
  • nogironligi bölgan şaxslar uçun iş örinlari yaratayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan tijorat banklari orqali har bir yaratilayotgan iş örni uçun BHMning 25 baravarigaça, biroq jami har bir tadbirkorlik sub'yekti uçun BHMning 500 baravaridan oşmagan miqdorda 3 yil muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaratilgan iş örnida nogironligi bölgan şaxslarning kamida bir yil işlaşi şarti bilan mikrokreditlar ajratiş tartibi joriy etiladi;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga öqitiş markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa, kam ta'minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a'zolari, nogironligi bölgan şaxslarni bepul öqitiş kurslari taşkil etiladi.

Belgilanişiça, 2021 yil 1 fevralga qadar uşbu tajriba doirasida qilingan işlar monitoring qilinadi. Tajribaning ijobiy yakunlari böyiça uni keyinçalik doimiy asosda joriy etiş yuzasidan hukumatga asoslantirilgan takliflar kiritiladi.