Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boşçiligidagi Farğona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining Xitoyga taşrifi davomida China Xiaou Group kompaniyasi bilan muzokaralar ötkazilib, viloyat hududida 3 bosqiçda 1,5 mlrd dollar töğridan töğri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etiş loyihasini amalga oşiriş yuzasidan kelişuv imzolandi.

China Xiaou Group rahbari Xuan Xe bilan ötkazilgan muzokaralar davomida uşbu loyihaning dastlabki bosqiçida 50 mln dollar investitsiya hisobiga yiğiş, böyaş, sozlaş liniyalarini yölga qöyib, yiliga 60 mingta gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari işlab çiqarilişi belgilandi.
Ikkinçi bosqiçda 350 mln dollar va uçinçi bosqiçda 1,1 mlrd dollar investitsiya yönaltirilib, butlovçi qismlarning köpi mahalliylaştirilişi hamda işlab çiqarilayotgan avtomobillar soni 110 mingtaga yetkazilişi közda tutilgan. Loyiha 5 yil davomida töla yakunlanişi rejalaştirilgan.
Viloyat rahbari boşçiligidagi delegatsiya Çjenszyan şahrida joylaşgan, China Xiaou Group kompaniyasining hamkori hisoblangan BAIC Bluepark Magna Automobile zavodida ham bölib, elektromobillar işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişdi. Yangi avtomobil modellarini işlab çiqiş hamda tadqiq etişga ixtisoslaşgan uşbu korxonada asosan Arcfox, şuningdek, BJEV hamda Huawei texnologiyalari qöllangan Stelato modellari, yiliga 150 mingdan ziyod elektromobillar ham işlab çiqariladi.
















