Germaniyaning Mercedes-AMG kompaniyasi yangi GT elektr krossoverini namoyiş qildi. Avtomobilning old qismi yoritkiçli anʼanaviy AMG radiator panjarasini eslatuvçi vertikal metall çiziqli dekorativ panel bilan bezatilgan. Old faralar uç nurli yulduz şaklidagi kunduzgi çiroqlarga ega böldi, orqa tomonga esa gorizontal diodli çiziq bilan uyğunlaşgan oltita dumaloq yoruğlik elementi örnatilgan.

Image
Mercedes-AMG
Mercedes-AMG GT 63

Şuningdek, avtomobilning öziga xos jihatlari qatoridan romsiz yon oynalar, kengaytirilgan ğildirak arkalari va yaşirin eşik tutqiçlari joy olgan.

Yangi modelning uzunligi 5080 mm dan 5084 mmgaça, kengligi 2001 mm, balandligi 1653 yoki 1656 mm, ğildirak bazasi esa 3040 mmni taşkil etadi.

Aerodinamikaga alohida eʼtibor qaratilgan. AMG GT 55 va GT 63 versiyalarining tom qismida faol spoyler közda tutilgan bölib, tezlik 150 km/soatga yetganda u öz holatini özgartira boşlaydi. Tezlik va harakatlaniş şaroitlariga qarab, u havo qarşiligini kamaytirişi yoki bosim kuçini oşirişi mumkin.

Image
Mercedes-AMG
Mercedes-AMG GT 63

Bundan taşqari, old bamperga boşqariluvçi vertikal jalyuzilar örnatilgan. Odatiy şaroitlarda ular yopiq turadi, ammo zarurat tuğilganda qöşimça sovitiş uçun oçiladi.

Mercedes-AMG GT 53 boşlanğiç versiyasi har bir öqda bittadan - jami ikkita sinxron elektr dvigatel bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 544 ot kuçini taşkil etadi.

Quvvatliroq GT 55 va GT 63 modellari esa öq böylab yönalgan magnit oqimli uçta elektr dvigatelga ega böldi. Ulardan ikkitasi orqa öqqa, yana bittasi old öqqa örnatilgan. Mercedes-AMG GT 55 816 ot kuçini işlab çiqarsa, flagman GT 63 ning maksimal quvvati 1169 ot kuçiga yetadi.

Image
Mercedes-AMG
Mercedes-AMG GT 63

Eng qudratli krossover joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişadi, 200 km/soatlik marrani esa 6,8 soniyada zabt etadi.