Cadillac kompaniyasi markaning 125-yillik yubileyiga bağişlangan Escalade yöltanlamasining maxsus versiyasini taqdim etdi. Amerika brendi matbuot xizmati xabar berişiça, yangi avtomobil Escalade-V modeli negizida yaratilgan bölib, narxi 239 ming dollarni taşkil etadi.

Cadillac

Maxsus yöltanlamas 252 nusxadan iborat çeklangan adadda işlab çiqariladi. Dizayndagi asosiy özgarişlar qatoridan kök rangli tormoz supportlariga ega yangi 24 dyuymli ğildirak disklari, kuzovning taşqi elementlaridagi (radiator panjarasi, bamperlar va yon oynalar) karbon qoplamalar hamda ostonalarning maxsus yoritkiçlari joy olgan.

Cadillac

«Yubiley» yöltanlamasining saloni qora va kulrang tuslarda işlangan. Şuningdek, interyerda brendning poyga modellariga işora qiluvçi kök rangli urğulardan foydalanilgan. Masalan, xavfsizlik kamarlari va örindiqlarning çoklarida xuddi şunday rang qöllanilgan.

Cadillac

Yangi model 692 ot kuçiga ega 6,2 litrli benzinli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Maşina töliq uzatmali bölib, soatiga 100 km tezlikka 4,5 soniyada erişadi.