Jeep kompaniyasi Las-Vegasdagi SEMA-2026 körgazmasida Jeep Wrangler Scrambler SRT pikapining maxsus versiyasini namoyiş qildi. Avtomobil zamonaviy Jeep Wrangler bazasida yaratilgan bölsa-da, şubhasiz, 1981-yildan 1986-yilgaça işlab çiqarilgan klassik Jeep CJ-8 Scrambler modelidan ilhomlangan.

Maxsus jigarrangga böyalgan Scrambler kuzovi jiddiy qayta işlangan: unda uzunroq eşiklar, bortli özgaça orqa qism va maxsus himoya qoplamasi sepilgan yuk maydoni paydo bölgan.
Kuçaytirilgan xavfsizlik karkasi va öziga xos ğildirak arkalari kengaytirgiçlari örnatilgan. Tomi va eşiklari esa yeçib olinadigan qilib işlangan.

Scrambler’ning old qismi Easter Jeep Safari maxsus versiyasi uslubida işlangan bölib, kvadrat qoplama içiga joylaştirilgan dumaloq faralarni öz içiga oladi. Bunday yeçim «xömraygan nigoh»ni şakllantirib, yöltanlamasning şusiz ham mardona qiyofasiga yanada köproq salobat va viqor bağişlaydi.

Salonda yon tayançlari rivojlangan örindiqlar örnatilgan, orqa qatorni esa jihoz va anjomlarga joy böşatiş uçun 180 darajaga buriş yoki butunlay yeçib oliş mumkin.
Salonni bezaşda «töq grafit» tusidagi çarmdan foydalanilgan. Şuningdek, kontrast çoklar, töq sariq rangli bezak qöşimçalari va SRT logotiplari ham mavjud.
Maşinaning asosiy texnik xususiyati old köprikdan voz keçilib, mustaqil osma tizimiga ötilgani böldi. Uşbu noyob konstruksiya amerikalik avtopoygaçi Keysi Karri iştirokida işlab çiqilgan.













