Özbekiston şifokorlari tez kunlarda Covid-19 infeksiyasi oğir keçayotgan bemorlarni davolaşda mutlaqo yangi va samarali usulni qöllaşni boşlaydi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning telegram kanalida xabar qilindi.

«Qadim zamonlardayoq tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bölgan inson qoni olimlarning alohida e'tibor markazida bölib kelgan. Çunki, qon hayot manbai, unda turli kasalliklarga qarşi kuraşiş qobiliyati mavjud deb hisoblangan.

Şundan kelib çiqqan holda mamlakatimizda qon donorligi va qondan turli kasalliklarga qarşi kuraşiş xususiyatiga ega bölgan preparatlar tayyorlanib kelinmoqda. Bunga turli bakteriya va mikroblarga qarşi zardoblar, muzlatilgan plazmalar yoki immunglobulinlarni misol qiliş mumkin.

Barçamizga ma'lumki, ayni paytda butun dunyoda Covid-19 infeksiyasi pandemiyasi hukm surmoqda. Davlatimiz rahbarining qat'iy irodasi hamda qator mas'ullarimiz tomonidan körilayotgan sa'y-harakatlar tufayli yurtimizda uşbu kasallikning tarqalişi nazoratga olingan.

Yana bir ahamiyatli tomoni, fidoyi şifokorlarimizning maşaqqatli mehnatlari natijasida koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlarimiz ayni paytda 42 nafarga yetdi va ularning safi kundan-kunga ortib bormoqda. 

E'tiborli jihati, soğaygan fuqarolarimizning qon zardobi kasallikni boşidan keçirayotgan bemorlarimiz uçun nihoyatda bebaho bölib, ularning uşbu xastalikni yengil ötkazişi va tezroq tuzalişlari uçun zamin bölib xizmat qilişi mumkin. 

Şunga köra, yurtimizdagi bir qator tajribali olim va şifokorlar bilan kelişilgan holda, tez kunlarda mutlaqo yangiça usul - koronavirusdan soğaygan insonlarning qon zardobini xastaligi oğir keçayotgan bemorlarga quyiş amaliyotini joriy etiş boşlanadi.

Amaliyotning ilmiy asosiga keladigan bölsak, Covid-19 infeksiyasiga çalingan bemorlar qon zardobida virusga qarşi immun tanaçalar paydo bölib, ular virusning ölimiga olib keladi. 

Tabiiyki, bu amaliyot qator savollar tuğdirişi mumkin. Zardobdan boşqa kasallik yuqmaydimi? Zardob bergan insonlar ahvoli oğirlaşmaydimi? Bemorlarga zardob quyilganda turli asoratlar yuzaga kelmaydimi?

Avvalo, koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olişdan oldin, bir neçta infeksiyalarga tekşiriladi, tibbiy körikdan ötkaziladi. Qöşimça infeksiyasi va kasalligi bölmagan insonlar zardobining kiçik bir qismi olinadi, xolos. Bu miqdor donor uçun heç qanday salbiy asoratlarni namoyon qilmaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan. Söngra yiğib olingan zardob yana qöşimça işlov beriş jarayonlaridan ötkazilgandan söng, kasallik oğir keçayotgan bemorlar roziligi va şifokor körsatmalari hamda maxsus tartiblarga qat'iy rioya qilingan holda qöllanişi mumkin. 

Eng muhimi, Covid-19 infeksiyasidan tuzalgan insonlarning qon zardobi – kasallik oğir keçayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarimizga virusni tezroq va osonroq yengiş uçun qöşimça kuraşiş manbai bölib xizmat qiladi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.