Unda Özbekiston prezidentining "Qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020 – 2030 yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi farmoni bilan mazkur sohani zamon talablari asosida isloh qilişning 9 ta ustuvor yönalişlari belgilab berilgani ta’kidlangan. Bundan taşqari, sönggi 3 yil içida sohani reforma qiliş va bozor munosabatlarini joriy qiliş böyiça respublika rahbarining 6 ta farmoni hamda 9 ta qarori qabul qilingani ham aytib ötilgan.

Qayd etilişiça, sohadagi islohotlar natijasida paxtaçilik, ğallaçilik, meva-sabzavotçilik, çorvaçilik, pillaçilik va ipakçilikda tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, sohada qöşilgan qiymat yaratiş va uni rağbatlantiriş, mahsulotlarni erkin bozorda sotiş böyiça yangi mexanizmlar joriy qilindi.

Şuningdek, maqolada işni yangiça taşkil etiş orqali ğalla ekiladigan oçiq maydonlarga tejamkor seyalkalarda uruğ qadalayotgani, ekin yerlari lazerli usulda tekislanayotgani, ğalla ekiş işlari 10-12 kun erta yakunlanayotgani, köçat soni gektariga 4,8-5,5 million donani taşkil etgani, sohada qöllanilgan innovatsion işlanmalar va ilm-fan yutuqlari hisobiga don yetiştiriş yildan yilga oşayotgani qayd etilgan.

Şoliçilikda takroriy maydonlarga ekiş miqdori 78 foizni taşkil etdi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida 30 foizgaça suv va 50 foizgaça uruğlik şoli tejaldi.

"Qişloq xöjaligi sohasida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qulay agrobiznes muhitini va qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş, qişloq hududlarini rivojlantiriş ustuvor yönalişlardan biri bölib qoladi", – deb yozilgan maqola xulosasida.