Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda endi qurg‘oqchil yerda ham sholi yetishtirilishi mumkin
Odatda sholi tasavvur qilinganida ko‘z oldiga suvga to‘la dalalar keladi. Biroq zamon o‘zgardi - endi sholini hatto qurg‘oqchil yerlarda ham yetishtirish mumkin. Bu yo‘nalishda ilk amaliy qadamlar allaqachon tashlab bo‘lindi.
Yaponiya tajribasiga asoslanib, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti stajyor-tadqiqotchisi Muhammadali Xoldorov yangi usulni sinovdan o‘tkazmoqda. Loyiha asosiy maqsadlari — suvdan tejamkor foydalanish, metan gazining chiqarilishini kamaytirish hamda ekologik toza hosil yetishtirishdan iborat.
Innovatsion yondashuv doirasida sholi an’anaviy sug‘orilgan yerlarda emas, balki maxsus ishlov berilgan quruq dalalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ekilmoqda.
Hozirgi vaqtda tajriba ishlari Sirdaryo viloyatidagi «Yangiyo‘l guruch ta’minot» sholichilik klasteri hamda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida olib borilmoqda. Tajriba ustidan doimiy monitoring va kuzatuv ishlari olib borilayotgani ushbu loyiha jiddiyligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Agar bu yangi agrotexnologiya o‘zini oqlasa, kelajakda uni butun respublika bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa suv tanqisligi muammosini yengillashtirish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan sholi hosildorligini oshirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026