Internetda yillardan beri turli farazlar aylanadi. Göyoki dunyodagi eng ta’sirli kuçlar aholini kamaytirişni istaydi. Ayrimlar COVID-19 pandemiyasini tabiiy ofat emas, rejalaştirilgan deydi. Vaksinatsiyalar orqali insonlarga ta’sir ötkazilayotgani haqida ham da’volar bor. Oziq-ovqatga kimyoviy moddalar qöşib, mikroplastiklar aralaştirib ham kasalliklar atay köpaytirilayotgani aytiladi. Uruşlar va genotsidlar esa millionlab insoniyat yostiğini quritdi. Bu ham odamlar köpligidan zerikkanlarning öylab topgani bölişi mumkin. Bir qaraganda hammasi işonarli gaplar. Lekin bularning rostligini isbotlaş kerak. MAYDON’da yana bir katta mavzu qisqa daqiqalarda tahlil qilinadi.
Dunyo aholisi birinçi milliardga yetişi uçun minglab yillar kerak böldi. 123 yildan keyinyanabir milliard. Qolgan milliardlarga esa atigi har 10-15 yilda erişildi. Va bu keskin ösiş jahon uruşlari-yu, pandemiyalar davriga töğri keldi.

Eng qiziği esa XVIII asr olimlari agar odamzod bir milliardga yetsa, dunyoda oçarçilik boşlanadi, deb bong urgan. Undan ham ajablanarlisi – bugun dunyo aholisi 8 mlrddan oşdi. Lekin eng rivojlangan davlatlar endi oziq-ovqat yetişmovçiligi emas, insonlar tanqisligiga duç kelmoqda. Qahatçilikmi yoki kamçilik?
Aholi sonining keskin köpayişi bilan turli davlatlar turliça kuraşib kelgan. Masalan, Xitoyda 2015 yilgaça “bir oila – bir farzand” siyosati, Hindistonda 1970-yillardagi erkak va ayollarni sterilizatsiya qiliş kompaniyalari, Peruda 1990-yillardagi ayollar roziligisiz qilingan sterilizatsiyalar. Ammo bular köpinça global darajada emas, ma’lum davlatlardagi iqtisodiy yukni kamaytiriş siyosati sabab qilingan.

Markaziy Osiyo davlatlarida keng qöllanadigan spiral qöllaş amaliyoti ham ayollar salomatligi va oilani rejalaştiriş uçungina ixtiyoriy qilinişi şart. Majburiy holatlarda bu inson huquqlarining buzilişi degani.
Şu bilan birga, insoniyatning Yer resurslariga bosimi ortib borayotgani ham inkor etilmaydi. Hozirgi hisob-kitoblarga köra, insonlar har yili Yer tiklay oladigan manbalardan taxminan 1,7 barobar köproq foydalanmoqda. Bu esa yillik zaxira odatda avgust oylariga borib tugaşini anglatadi — ya’ni qolgan oylarda insoniyat göyoki “qarzga yaşaydi”. Lekin şu holatda ham bu bilan oçarçilik böladi deyiş noörin.


















