Eng qudratli dunyo armiyasidan ham qörqmayotgan Eron. Unga uruş oçiş – dunyoda qimmatçilikni boşlaş degani. Deyarli yarim asrlik sanksiya va çeklovlarga qaramasdan bu davlatni nima kuçli qilib turibdi? Nega dunyo iqtisodiyoti Eronga bu qadar boğliq? SUBYEKTIV jamoasidan yangi formatdagi yana bir loyiha – MAYDON. Katta mavzularni qisqa daqiqalarda, oddiy tilda tahlil qilamiz.

Sanksiyadagi Eron

Yengilmas Eron. Deyarli yarim asrlik sanksiyalar sabab u yerda odamlar zamonaviy maşinalar minolmasligi, eskirgan samolyotlarda uçişi, maşhur dunyo brendlaridan bexabar bölişlari yoki sayyohlar juda köp boravermaydigan manzil bölişi mumkin. Lekin bu davlat neft zaxiralari böyiça dunyoda uçinçi, gaz zaxiralari bilan ikkinçi örinda turadi. Geografik joylaşuvi ham yoğlikkina joyda. Harbiy salohiyati bilan esa eng kuçli 15 talikda. U bilan kerak bölsa Yerning boşqa qutbidagi eng qudratli davlat AQŞ ham hisoblaşadi.

Dunyo Rossiya va Ukraina uruşi oqibatlariga ma’lum darajada moslaşib ulgurdi. Ammo AQŞ, Isroil va Eron örtasidagi yangi qarama-qarşilik — dunyo iqtisodiyoti uçun Rossiya bosqinidan ham oğirroq oqibatlarga olib kelişi mumkin. Bu uruş badalini faqat bir mintaqa emas, balki butun dunyo his qiladi. Şuning uçun ham Eron haqida bilişimiz kerak bölgan gaplar köp.

Nega u diqqat markazda?

Dunyo xaritasida Yaqin Şarq doimiy ravişda xalqaro siyosat markazida turadi. Bu yerda uruşlar, diplomatik siyosatlar, katta davlatlar raqobati birlaşgan. Çunki bu yerlarda neft bor. Neft va gaz hali ham dunyo iqtisodiyotining asosiy resurslaridan biri. Bundan taşqari Yaqin Şarq uç qit’a — Yevropa, Osiyo, Afrika örtasidagi tabiiy köprik hisoblanadi. Şu sabab bu hudud tarix davomida katta davlatlarning raqobat maydoni bölgan. Neft bor joyda AQŞ bor, neft bor joyda uruş bor.

Özbekistonning dengizlardan ikki marta yopiq davlatligi nega köp eslanadi? Çunki dunyo savdosining taxminan 80–90 foizi dengiz va okean suv yöllari orqali amalga oşadi. Şuning uçun geografiyada “chokepoint” deb ataladigan joylar, ya’ni böğozlar, kanallar va strategik transport yöllari — juda katta ahamiyatga ega. Bunday nuqtalarni nazorat qilgan davlatlar nafaqat global savdoga, hatto uyingizdagi gaz, svet, maşinangizdagi benzin va hatto yeyayotgan noningizning narxigaça ta’sir qiladi.

Eronga kelsak, u nafaqat zaxiralari bilan yetakçi. Şu bilan birga u dunyo energetikasi uçun strategik ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğoziga yaqin joylaşgan. Bu böğoz orqali dunyo neft savdosining taxminan beşdan bir qismi ötadi.