Toşkent viloyati Toşkent tumanida joylaşgan «Darxon» ilmiy-tajriba stansiyasi («Dendropark») hududida daraxtlarni nobud qiliş, yer ajratiş va undan foydalaniş qoidalari buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan jinoiy iş oçildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Boş prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va boşqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda Örmon xöjaligi agentligi huzuridagi Örmon xöjaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida ösimliklar dunyosi muhofazasi va örmon fondi yerlaridan foydalaniş ahvoli örganildi.
Örganişda Toşkent viloyati Toşkent tumanida joylaşgan «Darxon» ilmiy-tajriba stansiyasi («Dendropark») yer maydonlari mutaxassislar iştirokida közdan keçirilib, daraxtlarni nobud qiliş, yer ajratiş va undan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq köplab holatlar aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 198 (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari ötkazilmoqda», deyiladi xabarda.


Oktyabr oyi boşida boş prokuratura matbuot xizmati Toşkent tumanidagi mazkur manzarali boğdorçilik va örmon ilmiy-tajriba xöjaligi hududida ekilgan qimmatbaho navli noyob yonğoq daraxtlar nobud qilinayotgani haqida xabar bergandi. Xususan, 85 tup qimmatbaho navli noyob yonğoq daraxtlari kesib taşlangan, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolişiga olib kelingan.














