14 kishini Yevropaga ishga yuborishni va'da qilib, Ukrainada tekinga ishlatgan firibgarlarga jinoiy ish ochildi
14 nafar o‘zbekistonlikni Ukrainaga oyiga 500 dollar oylik to‘lanadigan qurilish ishlarida ishlab, keyin Yevropa davlatlariga ishga o‘tkazib berishni va'da qilib, ularni chuv tushirgan firibgarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan jabrlanuvchilarning murojaati asosida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.A. va S.S. oldindan til biriktirib, bir guruh o‘zbekistonliklarning ishonchiga kirib, ularni Yevropa davlatlariga oyiga 2000-3000 dollar to‘lanadigan ishga yuborish hamda ishchi vizalarini olib berish evaziga 5500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Bundan tashqari, S.S. va boshqalar 2019 yilning noyabr oyida 14 nafar fuqaroni Ukrainaning Kiyev shahrida oyiga 500 dollar oylik to‘lanadigan qurilish ishlariga joylab, keyin Yevropa davlatlariga ishga o‘tkazib berishga ishontirishgan. Biroq ularning ishonchini suiiste'mol qilib, Kiyevdagi qurilish firmasida ularning pasportini olib qo‘yib, 75 kun davomida og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatishgan. Shuningdek, 17 500 dollar miqdoridagi ish haqlarini bermay aldab kelishgan.
Shundan so‘ng ushbu fuqarolarni Belarusning Gomel shahriga va Rossiyaning Moskva shahriga olib borishib, shu yerdan Yevropaga ishchi vizasini olib berish haqida takroran chuv tushirishgan. Natijada o‘zbekistonliklar mazkur davlatlarda ishsiz yurib, turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lishgan.
«Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.A., S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», – deyiladi Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul
O‘zbekiston | 14:55 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:22
-
AQSh Senati Kesh Patelni Federal tergov byurosi direktorligiga tasdiqladi
Jahon | 00:40
-
Torontoda qo‘nish vaqtida ag‘darilib ketgan samolyot yo‘lovchilariga 30 ming dollardan pul taklif qilindi
Jahon | 00:15
-
Zelenskiy Kiyevda AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi
Jahon | 23:34 / 20.02.2025
Mavzuga oid

18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi

15:57 / 20.12.2021
Otalar. Uch hayotiy hikoya

07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi

17:39 / 06.12.2021