AQŞ Senati Keş Patel nomzodini Federal tergov byurosi rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb xabar beradi The Washington Post.

Patelning tayinlanişiga 51 nafar senator ovoz bergan, 49 nafari esa qarşi çiqqan. WP’ning qayd etişiça, bu juda past körsatkiç: odatda byuro direktori lavozimiga nomzod ham demokratlar, ham respublikaçilar qöllab-quvvatlovini oladi. FTBning oldingi uçta direktorining har biriga senatorlarning kamida 92 nafari ovoz bergan.

44 yoşli Patel — hindistonlik immigrantlarning öğli. Donald Trampning birinçi ma’muriyati davrida u milliy razvedka direktorining maslahatçisi va Pentagon rahbarining ştabi boşliği bölgan. 

FTB rahbari lavozimida Patel 2017 yildan beri byuroga direktorlik qilib kelayotgan Kristofer Reyning örnini egallaydi.

Patel — Donald Tramp ğoyalarining sodiq tarafdorlaridan. Uning birinçi prezidentligi davrida FTBning razvedka ma’lumotlarini töplaşdagi vakolatlarini çeklaş va Trampning kun tartibini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan xodimlarni işdan böşatişga çaqirgan.

The Washington Post naşri fevral boşlarida Patel 2024 yilda Los-Anjyelesdagi kompaniyadan 25 ming dollar olgani haqida yozgandi. Uşbu kompaniyaga Igor Lopatyonok — Rossiya va Amerika fuqaroligiga ega ukrainalik rejissyor rahbarlik qiladi. Naşrga köra, Lopatyonokning oldingi loyihalari orasida RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan yaratilgan fond mablağlari ajratilgan rossiyaparast ta’sir kampaniyasi ham bölgan.