Kosta-Rika Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston va Hindiston kabi davlatlarning AQŞdan deportatsiya qilingan 200 nafar fuqarosini qabul qilişga rozi böldi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Reuters ma’lumotlariga köra, AQŞdan kelgan muhojirlar Kosta-Rikada olti haftagaça uşlab turilişi va vataniga jönatilişi mumkin. Deportatsiya qilinganlar maxsus joyda saqlanadi va ular uşbu hududni tark eta olmaydi.
AQŞdan uçgan va asosan Osiyo mamlakatlaridan bölgan 135 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan birinçi deportatsiya samolyoti 20 fevral kuni Kosta-Rikaga qönişi kutilmoqda. Uşbu muhojirlarning 65 nafarini voyaga yetmaganlar taşkil qiladi.
Özbekiston taşqi işlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va Nyu-Yorkdagi Boş konsulxona uzoq yillardan buyon özbekistonliklarning öz vataniga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlaş maqsadida AQŞning tegişli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.
«Bizning kelişuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. Örnatilgan amaliyotga köra, fuqarolarimiz vatanga Nyu—York-Toşkent yönalişi orqali qaytadi.
OAVda Özbekiston fuqarolarining boşqa davlatlarga deportatsiya qilinişi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Uşbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boşqa davlatlarga deportatsiya qilinişi mumkinligi haqida ma’lumot berişni sörab murojaat qildi. Bundan taşqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar örnatilgan.
Diplomatik vakolatxonalarimiz Özbekistonning barça fuqarolariga, ular qayerda bölişidan qat’i nazar, har tomonlama yordam körsatadi», — deydi TIV vakili.

















