Torontoda qöniş vaqtida ağdarilib ketgan Delta Airlines aviakompaniyasi samolyoti yölovçilariga 30 ming dollardan kompensatsiya taklif qilindi, deb xabar beradi Euronews.

18 fevral kuni Bombardier CRJ 900 samolyoti noqulay ob-havo şaroitida Toronto aeroportiga qöniş vaqtida ağdarilib ketgan va unda yonğin çiqqan edi. Şunga qaramay, reysda bölgan 76 nafar yölovçi hamda tört nafar ekipaj a’zolarining barçasi omon qolgan va ularning hammasiga kompensatsiya taklif qilingan. Şu bilan birga, Delta Airlines vakilining ma’lum qilişiça, moliyaviy taklif «heç qanday şartlar bilan boğlanmagan». Bu yölovçilar oldingidek aviakompaniyani sudga berişlari mumkinligini anglatadi.

Agar yölovçilarning barçasi tovon pulini olişga rozi bölsa, aviakompaniya qariyb 2,3 million dollar tölaşga majbur böladi.

Aviafalokat oqibatida 21 nafar yölovçi jarohat olgandi. Ularning barçasi mahalliy şifoxonalarga yetkazilgan va 20 nafariga allaqaçon javob berilgan.

Hodisa tasvirlangan videodan köriş mumkinki, samolyot şu qadar qattiq qönişni amalga oşirganki, uning öng qanoti va dumi uzilib ketgan. Şundan söng yonğin boşlanib, havo kemasi uçiş-qöniş yölagida ağdarilib ketgan.

Hozirça halokat sabablari aniq emas. Aviatsiya sohasidagi ekspertlarning fikriça, bunga yerdagi şaroit, uçuvçining qönişdagi harakati va şassi bilan boğliq muammolar sabab bölgan bölişi mumkin.