Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli

Foto: iStock
Byudjyetni rejalashtirish — moliyaviy muvaffaqiyat garovi, biroq bu zerikarli va uzoq vaqt talab qiladigan ish, boz ustiga, bu bizga pullarimiz tugab borayotganini yodga solib turadi. Xarajatlarni rejalashtirishning boshqa varianti ham bor. Forbes jurnali byudjyetni rejalashtirish markazi Quad Cities idorasining katta moliyaviy rejalashtiruvchisi Endryu Sivertsenning bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Ba'zan hatto bir oylik byudjyetni rejalashtirish — bu ma'lum bir vaqt bizga zavq bag‘ishlagan, biroq amalda daromadlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan xarajatlar uchun jazo. Biroq moliyaviy vositalarimizni nazorat qilishning nisbatan bezarar boshqa bir usuli mavjud. U moliyaviy maslahatchi Marti Kyorts tomonidan ishlab chiqilgan. Kyorts odamlar pullarni odatda uch toifaga bo‘lishini kuzatdi: eski majburiyatlar, kundalik xarajatlar va kelgusidagi ehtiyojlar. Daromadlarni ushbu toifalar bo‘yicha taqsimlashni o‘rganib, hayotni biroz yengillashtirish mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirishga sarflanuvchi va o‘zingizga sarflashingiz mumkin bo‘lgan pullarni ajrating. Bu "ko‘rpaga qarab oyoq uzatish" imkonini beradi.

Qayd etilgan xarajatlar
Dastavval bunday xarajatlar sizning yillik daromadingizning yarmidan ko‘pini tashkil qilishiga ishonch hosil qiling. Shu summadan kelib chiqib, qanday uy yoki mashina sotib olishni, qanday xizmatlar muhimroq ekani borasida bir qarorga kelish mumkin. Qolgan ikki toifaga qancha pul qolishi shunga bog‘liq.
Moslashuvchan xarajatlar
Bu kundalik xarajatlar: oziq-ovqat mahsulotlari, benzin, o‘yin-kulgi, shaxsiy buyumlar va h.k. Bu toifaga daromadlaringizning taxminan 30 foizi ajratilishi kerak. Bir yilda qancha pul sarflashingizni hisoblab, uni 52 (bir yildagi haftalar soni)ga bo‘ling. Shunda bir hafta uchun zarur summa kelib chiqadi.

Kelgusidagi xarajatlar
Mazkur toifa daromadlarning taxminan 20 foizini tashkil qilishi kerak. Unga pensiya jamg‘armalari, sayohatga ajratilgan pullar, tibbiy xarajatlar yoki ta'mirlov. Bularning har biriga muayyan hisob raqami ochish va yig‘ilgan pullardan kelib chiqib, ularni nimaga sarflash borasida bir qaror chiqarasiz. Kelajak uchun shunday hisob raqamlariga ega bo‘lsangiz, birovdan qarz olishga yoki kredit kartalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi.
An'anaviy oylik byudjyetni tuzishdan farqli o‘laroq, bu tizimni qayta ko‘rib chiqishga deyarli hojat yo‘q. Ish haqingiz hajmi o‘zgarganda yoki qandaydir katta xaridni rejalashtirsangiz, unga tuzatish kiritish kerak, xolos. Kundalik hayotda esa xaridning qaysi toifaga mansubligini aniqlash va unga pul sarflash yo sarflamaslik borasida bir qarorga kelishgina qoladi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

18:28 / 01.11.2024
Dori-darmonga 15,5 trillion so‘m - o‘zbekistonliklar nimalarga eng ko‘p xarajat qilmoqda?

14:50 / 21.10.2024
2024 yilda RF xarajatlari 1,5 trln rublga oshishi mumkin

15:09 / 04.03.2024