Özbekiston prezidenti Tohir Aripovga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvonini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Hujjatda aytilişiça, unga faxriy unvon mamlakatda ilm-fan sohasini rivojlantiriş, xalq ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltiriş borasidagi köp yillik samarali mehnati, xususan, biofizika yönalişidagi fundamental tadqiqotlari bilan köplab muhim ixtirolar, ilğor innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirişga qöşgan katta hissasi, iqtidorli yoş olimlarni tayyorlaş, navqiron avlodni vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol ğoyasiga sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan berilgan.

Ma’lumot uçun, Tohir Aripov Özbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik hisoblanadi.