Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Audi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilning 6 sentabr kuni soat 02:50 larda Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 12A-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Audi rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, Ford tez tibbiy yordam maxsus transport vositasi bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Ford transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026