Hujjat quyidagilarga qaratilgan:

  • hududlarda tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun berilayotgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari ustidan nazorat jarayonini takomillaştiriş;
  • auksionlarda ijara huquqi bilan sotib olinadigan yer uçastkalarini birlaştiriş imkoniyatini yaratiş;
  • yer-huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlaş;
  • kiçik sanoat zonalari hamda yoşlar sanoat-tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini yanada yaxşilaş.

Xususan, aholiga davlat xizmatlari körsatiş tizimini isloh qiliş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, fuqarolar uçun qulay şaroitlar yaratiş, zamonaviy köp kvartirali turar joylar quriş kölamini yanada kengaytiriş uçun quyidagilar belgilandi:

  • kiçik sanoat zonalari va yoşlar tadbirkorlik zonalari (YoTZ) hududida joylaşgan yer uçastkalarini elektron onlayn-auksionlarda sotişda sanoat zonalari direksiyalari buyurtmaçi deb tan olinadi;
  • olis va çöl hududlarda taşkil etilayotgan YoTZ röyxati Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi va viloyat xalq deputatlari kengaşlari qarorlari bilan tasdiqlanadi, ular zarurat tuğilganda unga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritadi.

2025 yil 5 sentabrdan boşlab olis va çöl hududlarda joylaşgan YoTZ hududidagi böş yer uçastkalari 1 söm narxida elektron onlayn-auksionga çiqariladi.

Yerelektron avtomatlaştirilgan axborot tizimida «Olis va çöl hududlarda joylaşgan YoTZdagi böş yer uçastkalari» alohida bölimi yaratiladi.

Köp kvartirali turar joylar quriş uçun yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça auksion ğolibi tuman (şahar) hokimiyati bilan «Elektron auksionlarni taşkil etiş» AJda röyxatga olinadigan elektron şartnoma (oferta) tuzadi va quyidagi muddatlarni nazarda tutadi:

  • köp kvartirali turar joylar quriş uçun auksionda sotilgan yer uçastkalari böyiça loyihaoldi hujjatlarni tayyorlaş uçun 15 kun;
  • loyiha işlarini bajariş uçun 2 oy va quriliş işlarini boşlaş uçun 3 oy;
  • yer uçastkasida qurilişi rejalaştirilgan obektni foydalanişga topşiriş.

Auksion taklifi talablari bajarilmaganda yer uçastkasi belgilangan tartibda qaytarib olinadi va takror savdolarga çiqariladi.