
4K nima degani?
Boşlanğiç sinflarda qöllanişi boşlanayotgan yangi tamoyil haqida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği Dilşoda Norboyeva batafsil ma’lumot berdi.
4K yondaşuvi öz nomi bilan 4 ta tamoyilni öz içiga oladi:
Kollaboratsiya: Darsliklar öquvçilarning jamoada işlaş qobiliyatini rivojlantirişga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu öquvçilarga hamkorlik qiliş, samarali fikr almaşiş va özaro qöllab-quvvatlaş könikmalarini örganişga kömaklaşadi.
Kommunikativlik: Öquvçilar öz fikrlarini aniq, ravşan ifodalaşga, suhbatdoşni tinglaşga va tuşunişga, ma’lumotni yetkazişda til vositalaridan unumli foydalanişga örganadi.
Kreativ fikrlaş: Öquvçilar öz maqsadlariga erişiş uçun yangi yondaşuvlarni qöllaşni örganadi, innovatsion yeçimlarni işlab çiqadilar va ijodiy muammolarni hal qiliş könikmalariga ega böladi.
Kritik (tanqidiy) fikrlaş: Uşbu metodologiya öquvçilarning axborotni tanqidiy baholaş, öz fikri va mulohazalarini şakllantiriş könikmalarini rivojlantirişni öz içiga oladi. Öquvçilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondaşişni örganadi va mantiqiy fikrlaş asosida öz nuqtayi nazarini şakllantiradi.
Yangi innovatsion yondaşuvni Özbekiston maktablarida joriy etişdan oldin xorijiy tajribalar ham örganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilğor mamlakatlar öquvçilarda 4K tamoyilini öz içiga olgan XXI asr könikmalarini rivojlantirişga asosiy e’tibor qaratadi.
PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori örinlarni egallagan davlatlar ta’limida öquvçilarda "4K"ni öz içiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvçanlik kabi könikmalarga alohida urğu berilgan va şuning uçun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erişişyapti.
Yangi model yaxşi işlaşi uçun qanday şaroit kerak?
"4K" modeliga asoslangan innovatsion yondaşuv maktablarda qöllaş uçun alohida şaroitlar talab etmaydi. Masalan, öquvçilarda tanqidiy fikrlaş qobiliyati savol-topşiriqlar bilan, muloqot könikmasi esa savol-topşiriqlar va maşğulotlar orqali rivojlanadi. Maktablarda bu usullarni işlatiş uçun şaroit yöq deb aytiş notöğri.








