O‘zbekiston | 16:14 / 01.05.2021
2111
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda 2020 yilning oxirida ishga tushishi kerak bo‘lgan 85 milliard so‘mlik klinika qachon ochiladi?

Foto: KUN.UZ

Oldinroq Nukusda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining klinikasi ochilishi haqida xabar bergan edik. O‘shanda klinika «Nukus shahrida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali  klinikasini qurish» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgani haqida aytilgandi.

Loyihaning qiymati 85,681 mlrd so‘mni tashkil qiladigan klinika 2020 yilning oxirida ishga tushishi kerak edi. Ammo Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, hozir 78,763 mlrd so‘mlik ishlar yakuniga yetkazilgan. 

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Oral Ataniyazova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda klinikaga ajratilgan 85,681 mlrd so‘m ham yetmasligini, qurilish korxonalaridan binoni bir necha marta qabul qilmaganini aytib o‘tdi.

Senatorning aytishicha, ushbu klinika barcha jabhalar bo‘yicha yetakchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Qurilish ishlari yana noma'lum sabablarga ko‘ra to‘xtatilib qolmasa, 2021 yilning may oyida klinika ochilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Oral Aminovna Qoraqalpog‘istonda onalar o‘limi ko‘payishiga nima sabab bo‘layotgani, eng yuqori turdagi rak kasalligi Qoraqalpog‘istonda ekanligini, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning qaysi hududlarida tibbiyot xodimlariga talab yuqori ekanligi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid