Buyuk Britaniyaning Oksford şahrida joylaşgan dunyoning nufuzli Yevropa Biznes Assambleyasiga 1923 yilda asos solingan bölib, dunyodagi ilm, fan va işbilarmonlik sohasidagi erişilgan yuksak natijalarni e'tirof etib boradi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, uşbu nufuzli taşkilot dunyoning bir qator ta'lim muassasalari va tadbirkorlarini birlaştiradi. Bu yilgi Eng yaxşi oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasini qölga kiritiş uçun dunyoning turli burçaklaridan 1000 dan ortiq ta'lim muassasalari tanlovda iştirok etdi. Uşbu tanlovning saralaş jarayonida ta'limni quyidagi asosiy sifat körsatkiçlariga: öquv-uslubiy, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etiş, moddiy texnika bazani modernizatsiyalaş, innovatsion integratsion hamkorlik, xalqaro hamkorlik va universitet bitiruvçilarining davlat va xususiy tadbirkorlik hamda biznesdagi faolligi baholandi.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan uşbu nominatsiya uçun Özbekistondagi bir neça oliy ta'lim muassasalari nomzodi berilgan edi. Uşbu nufuzli kengaşning qaroriga muvofiq joriy yilning sentabr oyida Fransiyada bölib ötgan Sammitda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Osiyodagi Eng yaxşi oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasi ğolibi böldi.

Tanlov natijasiga köra, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti jahonning nufuzli universitetlari AQŞning Boston, Stenford universitetlari, Vaşington xalqaro öquv markazi, Yevropa menedjment universiteti qatoridan örin egallagan.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi
Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi

Joriy yil 19 oktabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur mukofotni topşiriş marosimi bölib ötdi.