Televideniye sohasidagi nufuzli «Emmi» mukofoti ğoliblari 15-sentabrga ötar keçasi Los-Anjelesda eʼlon qilindi.
Amerikaning HBO Max platformasi tomonidan taqdim etilgan «Pitt kasalxonasi» (The Pitt) tibbiy seriali turli yönalişlarda jami oltita «Emmi» mukofotini qölga kiritdi. Jumladan, loyiha ikkinçi yil ketma-ket «Eng yaxşi dramatik serial» nominatsiyasida ğolib böldi.
Serialda boş rolni ijro etgan Noa Uayli ham ikkinçi yil ketma-ket dramatik serialdagi eng yaxşi erkak roli uçun «Emmi»ga sazovor böldi. Ernest Xarden kiçik esa eng yaxşi taklif etilgan aktyor deb topildi.
«Pitt kasalxonasi» dramatik serial uçun eng yaxşi aktyorlar tarkibini tanlaş va eng yaxşi plastik grim yönalişlarida ham mukofot oldi.
Dramatik serialdagi eng yaxşi ayol roli uçun «Emmi» Pluribus («Köplardan biri») serialidagi roli uçun amerikalik aktrisa Rey Sixornga topşirildi. Ellison Jenni esa «Diplomat» (The Diplomat) serialidagi roli uçun eng yaxşi ikkinçi plandagi aktrisa deb topildi.
HBO Maxʼning örta yoşli insonlar örtasidagi muhabbat uçburçagi va uning fojiali yakunlanişi haqida hikoya qiluvçi DTF St. Louis seriali «Eng yaxşi mini-serial» nominatsiyasida ğolib çiqdi.
Mini-serialdagi eng yaxşi erkak roli uçun mukofot The Beast in Me loyihasidagi ijrosi uçun Mettyu Rizga nasib etdi.
Widowʼs Bay esa yilning eng yaxşi komediya seriali deb topildi.

















