«Taʼlim xabarlari»ning yozişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida uşbu bayram munosabati bilan umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 75 foizigaça mukofotlaş nazarda tutilgan.

Mukofot pulini hisoblaşda xodimning oylik maoşi emas, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori asos qilib olinadi. Manbada keltirilişiça, bu miqdor oyiga 1 mln 360 ming söm bölib, uning 75 foizi 1 mln 20 ming sömni taşkil etadi.

Şu tariqa, 1 mln 20 ming söm - mukofotning eng yuqori çegarasi. Barça xodimlarga aynan şu summa berilişi kafolatlanmaydi: tölov jamğarmadagi mavjud mablağlarga boğliq.