Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd budjet pullarini talon-toroj qilgani aytilmoqda
Shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq rahbari Sunbula Eraliyeva katta miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida shahar xalq ta’limi bo‘limidan 57 milliard so‘m atrofida kamomad chiqqani aniqlangan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sobiq mudir Sunbula Eraliyevaga ehtiyot chorasi sifatida qamoq chorasi qo‘llangani aytilmoqda. Manbaga ko‘ra, tergovga tortilayotgan shaxslar soni 40 nafarga yaqin. Ular orasida Sunbula Eraliyevadan keyin uning o‘rniga tayinlangan Nuriddin Nazarov ham borligi, unga ham qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangani ma’lum qilindi.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqladi va tergov tafsilotlari keyinroq ochiqlanishini ma’lum qildi.
Viloyat hokimligi tizimidagi tashkilotlardan birida ishlovchi Kun.uz manbasining aytishicha, viloyatga Sirojiddin Eshquvvatov prokuror etib tayinlanganidan so‘ng budjet tashkilotlarida korrupsiya holatlariga oid ko‘plab tergov ishlari olib borilmoqda.
- Ma’lumot uchun, Andijon shahar xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 41-maktab direktori o‘qituvchini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari vazifasiga tayinlash uchun 500 AQSh dollari va 2 mln so‘mni pora sifatida olayotganda ushlangandi.
- Avvalroq, Asaka tumanidagi 4-maktab direktori “U.M.”ni maktabning qozonxonasiga ko‘mir yoquvchi vazifasiga ishga qabul qilish uchun undan pora talab qilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

13:35 / 11.04.2025
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

10:23 / 10.04.2025