6 Dekabr

20:35

Bayden Putin bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Bu nimani anglatadi?

AQSh prezidenti Jo Baydenning «u nimani o‘ylayotganini bilish uchun Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirish»ga tayyorligi haqidagi so‘zlari yoki Germaniya kansleri Olaf Shols sentabr oyidan buyon ilk bor rossiyaliklar rahbari bilan bir soat davom etgan telefon muloqoti o‘tkazishi nimani anglatadi? Batafsil

19:41

O‘zbekistonda energetik inqiroz: Nima qilmoq kerak?

O‘zbekistondagi ko‘plab sohalar tayyorgarligi bir sovuq tushib, qor yog‘ishiga ham chidash bermadi. Respublika bo‘ylab gaz bosimi tushib ketgan, elektrda muntazam uzilishlar kuzatilmoqda, transport tizimi katta bosim ostida qoldi. Batafsil

18:04

Milliy universitetdan yo‘qolgan nodir qo‘lyozmalar ishi: kutubxona rahbari ozod qilindi

17:59

Rossiya armiyasi Baxmutni qurshab olishga urinmoqda, bu yerda gruzin ko‘ngillilari halok bo‘lishdi

Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofida og‘ir janglar davom etmoqda: rossiyalik harbiylar o‘zlari uchun ayni vaqtda Ukrainada birinchi raqamli maqsad bo‘lgan shaharni qurshab olishga harakat qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ushbu hududda Ukraina tomoni berayotgan qurbonlar qatorida Gruziyadan kelgan besh nafar ko‘ngilli ham bor. Batafsil

16:21

Ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti susaydi. Kommunal vazirlik izoh berdi

13:49

Rossiyaning ikki aerodromida portlashlar: Qurbonlar bor, mudofaa vazirligi Ukrainani aybladi

5 dekabr kuni ertalab Rossiyaning ikkita harbiy aerodromida portlashlar sodir bo‘ldi. Kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi aerodromlar dronlar tomonidan hujumga uchragani, oqibatda uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Rossiya harbiylariga ko‘ra, hujum ortida Ukraina turibdi. Batafsil

09:33

Marhum askar qabrdan qazib olinadi. Jinoyat ishi qo‘shimcha tergov qilinadi

07:39

OAV Rossiyadagi aerodromlarga qilingan hujumlar haqida ma’lumot berdi

UUA tomonidan berilgan zarbalardan kamida bittasi Rossiyadagi aerodrom yaqinida joylashgan Ukraina maxsus kuchlari yordamida amalga oshirilgan, deb xabar berdi NYT manbasiga tayanib. Batafsil

5 Dekabr

22:36

Ukraina bo‘ylab yangi raketa zarbalari: raketalardan biri Moldovaga tushgan

Dushanba kuni kunduzi Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab navbatdagi yoppasiga raketa zarbalarini yo‘lladi. Batafsil

20:04

O‘zbek-qirg‘iz chegarasini ID-kartani ko‘rsatish orqali kesib o‘tishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlat chegarasini faqat ID-kartani ko‘rsatgan holda kesib o‘tadigan tartib joriy etilishi mumkin. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining aytishicha, bu boradagi kelishuv Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi paytida imzolanishi reja qilingan. Batafsil

19:42

Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi

15:35

QVP tortib olinib, o‘rniga konteyner berilgan. Yana aholi sarson

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi Nurafshon mahallasi aholisidan qishloq vrachlik punkti olib qo‘yilgani sabab aholi bir necha yillardan beri qiynalib kelyapti. Avvallari QVP sifatida foydalanilgan bino tadbirkorga nol qiymatda berib yuborilgan. Batafsil

13:27

Alisher Qodirov yana energetika sohasini xususiylashtirish haqida gapirdi

13:23

UzAuto Motors yangilangan Captiva va Cadillac sotuvini boshlaydi, Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatiladi

11:40

Talabalar uchun qishki ta’til 26 dekabrdan boshlanadi

08:35

Qiziltepa hokimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Unga qarashli firma tumandagi davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan

Davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi qonunchilikda taqiqlangan bo‘lsa-da, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi, senator Ulug‘bek Fayziyev qator MChJlar rahbari sifatida qolmoqda. Bundan tashqari Fayziyev hokimlik qilayotgan tumandagi ayrim qurilish ishlari uning ta’sischiligidagi MChJga berilgan. Batafsil

4 Dekabr

23:20

Toshkent shahrida metan-shoxobchalar vaqtincha yopilmoqda

Avvalroq O‘zbekistonning qator hududlarida aholi gaz tanqisligidan shikoyat qilayotgani xabar qilingandi. Batafsil

20:56

Baxmut uchun jang: Rossiya nega bu qadar o‘jarlik bilan shaharni egallashga urinmoqda?

Donbassning markaziy qismidagi Baxmut shahri so‘nggi haftalar davomida Ukrainadagi frontning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Batafsil

14:22

Makey Lukashenko jamoasidagi eng g‘arbparast ovoz bo‘lgani aytiladi. Uning o‘limi Belarusga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Vladimir Makey Belarusda Lukashenkodan keyingi o‘rinda turuvchi odam edi. Batafsil

10:25

SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi

3 Dekabr

21:12

Shuhrat G‘aniyev kooperativga birlashgan xorazmlik fermerlarni “o‘yinchi”ga chiqardi 

Bosh vazir o‘rinbosari selektor yig‘ilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan paxta xomashyosi minimal narxini tan olmagan holda bu haqda hech qanday hujjat yoki qaror yo‘qligini aytdi. Vaholanki uning bu bayonoti prezident qaroriga zid. Batafsil

17:20

IIV mulozimlari 15 yoshli qo‘qonlik o‘smirning o‘limi nima uchun 2 kun sir saqlangani haqidagi savolga javob bera olmadi

07:49

O‘zbekistonda ayrim «skotch»/«kapron» metan gaz ballonlariga ruxsat berilishi mumkin

2 Dekabr

17:17

“Markaziy Osiyo gazini qo‘lga olib, Xitoy bilan o‘zi gaplashmoqchi”. Iqtisodchi – Putinning uch tomonlama ittifoq taklifi haqida

08:05

Dauletmurat Tajimuratov Jo‘qorg‘i Kengesning oldingi va hozirgi raislarini sudga chaqirishni so‘radi

1 dekabr kuni Nukus shahrida tartibsizliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan shaxslar ustidan davom etayotgan ochiq sud majlisida Dauletmurat Tajimuratovning ko‘rsatmasi tinglandi. Batafsil

1 Dekabr

22:41

Toshkent viloyatida kelini tomonidan 20 marta pichoqlangan qaynona tirik qoldi

21:17

Samarqandda pogonini o‘zi yulib tashlab bunda ayolni ayblagan IIB xodimi jazosiz qolgani ma’lum bo‘ldi

Top